Huawei 1
Filippinning sobiq prezidenti Manilada Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olindi

Filippin sobiq prezidenti Rodrigo Duterte (2016—2022) Manila aeroportida Xalqaro jinoiy sud (XJS) orderi asosida “insoniyatga qarshi jinoyatlar” uchun hibsga olindi. Manila Bulletin mahalliy nashrining xabariga ko‘ra, XJS sobiq davlat rahbarining noqonuniy narkotik savdosiga qarshi kurash doirasidagi harakatlarini tergov qilmoqda.

Duterte Gonkongdan kelganidan so‘ng qo‘lga olindi. Dastlab, unga hibsga olish orderi topshirilishini eshitgach, u samolyotdan chiqishdan bosh tortdi, biroq keyinroq politsiya protokoliga rioya qilishga rozi bo‘ldi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Rodrigo Duterte prezidentlik davrida 6 ming nafar gumonlanuvchi o‘ldirilgan. Huquqni himoya qilish tashkilotlari esa narkotik savdosiga qarshi kurash chog‘ida 30 ming kishi o‘ldirilganini ta’kidlamoqda. XJS tergovi 2011-yil noyabridan 2016-yil iyunigacha sodir etilgan ehtimoliy jinoyatlarni qamrab oladi.

Filippin 2011-yilda XJSning Rim statutiga qo‘shilgan, ammo 2018-yilda bu kelishuvdan chiqib ketgan. Shunga qaramay, sud mamlakat statutga a’zo bo‘lgan davrda sodir etilgan ehtimoliy jinoyatlar bo‘yicha yurisdiktsiyani saqlab qoladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31206 | Инструменты