G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi belgilanganidan bir necha soat kechikib amal qila boshladi. 42 kun davom etadigan birinchi bosqich doirasida Isroil 33 fuqarosini qaytaradi, buning evaziga qamoqxonalardagi 700 nafar falastinlik qo‘yib yuboriladi.
G‘azo sektorida Isroil va Falastinning HAMAS radikal guruhi o‘rtasida 15 oydan ortiq davom etayotgan urushni tugatish uchun tuzilgan olti haftalik sulh 19-yanvar, yakshanba kuni bir necha soatlik kechikish bilan kuchga kirdi. Otashkesim Moskva vaqti bilan soat 9:30da boshlanishi kerak edi, biroq HAMAS Isroilga avval ozod etilishi kerak bo‘lgan garovga olinganlar ro‘yxatini bermagani uchun kechiktirildi.
Bu roʻyxat keyinchalik Isroilga oʻtkazildi, natijada sulh bitimi faqat Moskva vaqti bilan soat 12:15da kuchga kirdi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu avvalroq Falastin guruhi garovga olinganlar ro‘yxatini taqdim qilmaguncha sulh boshlanmasligini aytgan edi.
HAMAS bunga javoban Isroilni erishilgan kelishuvlarga rioya qilish niyatida ekanligiga ishontirdi va garovga olinganlar ro‘yxatini taqdim etishning kechikishini “joydagi texnik qiyinchiliklar” bilan izohladi. Shu bilan birga, Isroil armiyasining (IDF) rasmiy vakili o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi hali kuchga kirmagani va shu vaqtgacha G‘azo sektoridagi nishonlarga hujumlar davom etishi haqida ogohlantirdi. Biroz vaqt o'tgach, Isroil armiyasi Falastin mintaqasining shimoliy va markaziy qismlarida "terroristik nishonlarni" o'qqa tutgani haqida xabarlar paydo bo'ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11919 | Инструменты