Huawei 1
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi

Gretsiya hukumati 2011 yildan beri birinchi marta suriyalik qochoqlarga boshpana berishni rad eta boshladi.

Qayd etilishicha, Boshpana taqdim etish xizmatiga yangi direktiva yo‘llangan bo‘lib, unda Gretsiya Suriyaga ixtiyoriy qaytish jarayonini qayta tiklashi haqida so‘z boradi.

«Gretsiya Yevropada birinchi bo‘lib, Suriyada Asad rejimi qulaganidan so‘ng, suriyaliklarning boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqishni muzlatib qo‘ydi hamda ularni sinchiklab ko‘rib chiqishga kirishdi. Shu orqali biz xalqaro himoya bilan bog‘liq suiisteʼmolliklarga yo‘l qo‘ymasligimizni namoyon qildik», deydi mamlakat immigratsiya va boshpana vaziri Tanos Plevris.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kun avval chiqarilgan salbiy javoblar ularning «qochish sabablari va shaxsiy xarakteristikalari» asosida qabul qilingan.

Gretsiya 2011 yildan beri 147 ming nafar Suriya fuqarosiga boshpana bergan. Shuningdek, so‘nggi yillarda yana 150 mingga yaqin suriyalik mamlakatga noqonuniy kirib kelgan va Yevropaning boshqa davlatlariga o‘tib ketgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70723 | Инструменты