Twitter “tez orada” 1,5 milliard akkauntning taxalluslarini chiqaradi, deb yozdi ushbu ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask. Uning aniqlik kiritishicha, gap tvitlarsiz va “ko‘p yillar davomida” tizimga kirmagan akkauntlarni o‘chirish haqida ketmoqda.
Tadbirkor aniq qaysi davrni nazarda tutgani aniq emas. Noyabr oyida Mask foydalanuvchining 15 yil davomida faol bo‘lmagan akkauntlarni o‘chirib tashlashi mumkinmi degan savoliga “bo‘ladi” deb javob bergan edi.
Ma'lum qilinishicha, 2022-yilning ikkinchi choragida Twitter 237,8 million monetizatsiya qilingan kunlik foydalanuvchini qayd etdi. Bu reklamalar ko'rsatiladigan faol hisoblar.
Mask, shuningdek, Twitter foydalanuvchilar “o‘z akkauntlarining haqiqiy holatini” ko‘rishlari uchun dasturiy ta’minotni yangilash ustida ishlayotganini: ular “shadowban” ostida bo‘ladimi, nima uchun va qanday qilib qarorga e’tiroz bildirishlari mumkinligini yozdi.
Shadow ban — yashirin taqiqlash, bu foydalanuvchining kontentini onlayn hamjamiyatning ayrim joylaridan bloklash yoki qisman blokirovka qilish amaliyotidir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122712 | Инструменты