O'zga sayyoraliklar, raketalar va tunnellar. Ilon Mask B20 sammitida kelajak borasidagi tasavvurlari haqida gapirdi
B20 sammitida video aloqa orqali so'zga chiqqan Ilon Mask an'anaviy indoneziya ko'ylagida, qorong'u xonada o'tirgan va bunga sabab - qo'ng'iroqdan uch daqiqa oldin uning elektr ta'minoti uzilganligi bo'lgan.
Sammit davomida milliarder o'zining kelajakka oid qarashlari, jumladan, o'zga sayyoraliklar, chuqur tunnellar va raketa turizmi haqida gapirdi.
Maskdan nega Indoneziyaning tropik oroliga bormaganligi haqida so’ralganda, u Twitterni qo'lga kiritgach yanada band bo'lganini, maksimal darajada, ertalabdan kechgacha, haftada yetti kun ishlashini ma'lum qildi.
Sammitda milliarder raketa sayohati odatiy holga aylanishi va biz koinotda yerdan tashqari hayotni ham aniqlashimiz mumkinligi haqida gapirdi.
“Balki biz begona sivilizatsiyalarni toparmiz, balki million yillar oldin mavjud bo'lgan sivilizatsiyalar haqida ma’lumot toparmiz. O'ylaymanki, u erga borish va galaktikani o'rganish juda qiziqarli bo'lar edi”, dedi Tesla asoschisi.
Nutqi davomida u tunnellarning uchar mashinalarga nisbatan afzalliklari haqida gapirdi. Uchar mashinalar odamlarning boshiga tushishi, falokatli bo’lish mumkinligini aytib o'tdi.
Elektr avtomobillar va tunnellar har qanday shaharda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan eng yomon tirbandliklarni oldini olishini ta'kidladi.
Shu bilan birga, milliarder butun dunyo bo'ylab tovush tezligidan 20 baravar tezlikda sayohat qilish imkonini beradigan fuqarolik kosmodromlarini ko'rishga umid qilishini aytdi.
“Menimcha, sayyoramizning istalgan nuqtasiga bir soatdan kamroq vaqt ichida sayohat qilish haqiqatan ham dunyoni ochadi”, dedi Mask.
Avvalroq dunyoning eng boy odami, SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask milliardlab dollar ishlab topishiga yordam bergan 9 ta kitob nomini aytgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71009 | Инструменты