Huawei 1
Ilon Mask “Twitter” rahbarligidan ketish yoki ketmaslik bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda

Twitter rahbari Ilon Mask bosh direktorlik lavozimini tark etishi kerakmi yoki yo’qligi bo’yicha o’z sahifasida so’rovnoma o’tkazmoqda.

Mask ovoz berish natijasi qanday bo’lishidan qat’i nazar, uni bajarishini ma’lum qildi.

Soat 16:00 holatiga ko’ra ovoz berishda 17 milliondan ortiq foydalanuvchi ishtirok etib, ularning 58 foizi Maskning iste’fosini qo’llab-quvvatladi. So’rovnoma 16:30 da o'z yakuniga yetadi.

Keyinroq milliarder ijtimoiy tarmoq sahifasiga yangi post joylashtirdi.

“Nimani xohlayotganingizga ehtiyot bo’ling, chunki uni olishingiz mumkin”, deb yozdi Mask.

Avvalroq Ilon Mask ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntini qaytarish yoki qaytarmaslik haqida ham ovoz berish tashkil qilgandi. 51,8 foiz foydalanuvchilar buni yoqlab chiqqach, Trampning akkaunti qayta tiklangan edi.

Shuningdek, Forbes nashrining talqini bo’yicha Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida birinchi o’rinni boy bergani ham ma'lum qilingan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101514 | Инструменты