Internetdagi botlar o‘zini har xil kompaniyalar vakillari sifatida ko‘rsatib, odamlarning pulini shilishga urinadi, tonnalab spam to‘kadi. Bad Bot Report nashri xabar berishicha, faqatgina 2023 yilning o‘zida tarmoqdagi botlarning ulushi 49,6 foizni tashkil etgan, bu deyarli barcha foydalanuvchilarning yarmiga teng. Ushbu ko‘rsatkich muntazam o‘sib bormoqda.
Ammo bunday zararli trafikning internetdan tashqarida yanada jiddiyroq muammolarga — Yer yuzidagi iqlim inqirozi kuchayishiga olib kelishi hech kimning xayoliga kelmaydi. Hozirgi kunda sayyoradagi barcha global chiqindilarning taxminan 7,4 foizi internet tarmog‘iga to‘g‘ri keladi, bunday chiqindilar ajralishida odamlarning ulushi 50 foiz ham chiqmaydi. Taqqoslash uchun, barcha dengiz tashuvlari atigi 3 foiz ifloslanishga sabab bo‘ladi, aviatsiya hissasi esa 2,5 foizga ham yetmaydi.
Texnologiyalar insoniyatning jamoaviy hamkorligini yaxshilash maqsadida yaratilgan. Biroq hozirgi kunda internet infratuzilmasidan mas’uliyatli va samarali tarzda foydalanilmayapti. Bu tartibga solinmagan, jadal rivojlanayotgan bozor. Unda atigi 20 megavattlik bitta ma’lumotlarni qayta ishlash markazi Nauru davlati aholisi iste’mol qiladigan elektr energiyasi hajmiga teng quvvat sarflaydi.
Bunday holat 10 yil avval ham kuzatilmagan, vaholanki o‘sha paytda transport va aviatsiyani dekarbonizatsiya qilish masalasi e’tiborni torta boshlagan edi. Hozirgi kunda botlar bilan bog‘liq energiya isrofi aql bovar qilmas darajaga yetgan. Bu resurslarning insoniyatga hech qanday sezilarli naf keltirmasdan behuda sarflanishidir — faqatgina aholining muayyan qismi axborot chiqindilari hisobiga boyib boradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11116 | Инструменты