Huawei 1
Italiyalik kompozitor Ennio Morrikone 91 yoshida vafot etdi

Italiyalik mashxur kompozitor Ennio Morrikone 91 yoshida vafot etdi. OAV yozishicha, kompozitor sal avval son suyagini sindirib olgan edi.

Kinematografiya olamida o'z kompozitsiyalari bilan alohida o'ringa ega Morrikone hayoti davomida filmlar uchun yuzlab musiqalar yaratgan. Hozirgacha barcha tomonidan sevib tomosha qilinadigan “Bir necha dollarga ko'proq”, “Jahldor, yomon va yaxshi” kabi filmlarning musiqasini aynan Morrikone yaratgan.

Gollivuddagi faoliyatidan so’ng, Morrikone kinematografistlarni tanqid qilib o'z kitobini nashrdan chiqardi. Uning fikricha, ko'plab rejissyorlar musiqaning kuchini anglamaydi, saundtrekga esa “orqa fondagi narsa” deya qaraydi.

1960 yildan beri musiqachi 450dan ortiq filmlarga kompozitsiya yozib bergan.

Morrikeonening fikricha, musiqalarga bo'lgan “standart” yondashuv sabab ohirgi yillarda musiqa o'z sehrini yo'qotgan, shu sababli o'tgan asrning filmlaridaka musiqalar boshqa paydo bo'lmayapti.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Kabirov Odiljon
    0
    Kabirov Odiljon 3 yil avval

    Kimga qizu? Uzimizi kuchalani gapirila iltimos


Tepaga