Huawei 1
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonning Kerala shtatida Nipah virusi avj olayotgani haqidagi ma’lumotini taqdim etdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonning Kerala shtatida Nipah virusi avj olayotgani haqidagi ma’lumotini taqdim etdi. Joriy yilning 22 sentabr holatiga ko‘ra, Nipah infeksiyasi bo'yicha oltita holat tasdiqlangan bo‘lib, ikkita o‘lim holati yuz berdi.

Nipah virusi – bosh miya yallig‘lanishi yoki nafas yo‘llari kasalliklari bilan kechadigan jiddiy kasallikni keltirib chiqaradigan virus turi hisoblanadi.

Savdo-sotiq ishlari bo‘yicha boruvchi tadbirkorlar yoki sayohat uchun Hindistonga borishga chog‘langan o'zbekistonliklarga respublika sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi mazkur virusdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhimligini eslatib o‘tdi:

- Avvalo shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya eting;
- mevalarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuving;
- yangi siqilgan xurmo sharbatini qaynatib iching;
- asosiysi ko‘rshapalaklar tirnashi yoki tishlashi natijasida teshilgan mevalarni iste’mol qilmang.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60623 | Инструменты