Kanada hukumati G‘azo sektoriga oziq-ovqat sotib olish va boshqa gumanitar yordamlar yetkazib berish uchun BMTga 100 million Kanada dollari (72 million dollar) ajratadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mark Karni ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilgan.
“Kanada xalqaro huquqni himoya qiladi va yaqinda BMT va boshqa ishonchli xalqaro hamkorlarni G‘azoga oziq-ovqat va gumanitar yordam ko‘rsatishda qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 100 million Kanada dollariga yaqin mablag‘ ajratdi”, deb yozdi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22505 | Инструменты