Huawei 1
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashga vaʼda berdi

KXDR Rossiyani, jumladan, Ukrainadagi urushda ham qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Pxenyanda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi Sergey Shoygu bilan uchrashuvda aytib o‘tdi. «KXDR hukumati Rossiyaning barcha jiddiy xalqaro siyosiy masalalarda, xususan, Ukraina atrofidagi tashqi siyosatida so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashda davom etadi», — deyiladi Shimoliy Koreyaning KMTA axborot agentligi 4 iyun, chorshanba kuni bergan bayonotida. Ukrainadagi urush haqida gapirar ekan, Kim Rossiya «haqli muqaddas ishda g‘alaba qozonishda davom etishini» tiladi», deyiladi KMTA xabarida.

KMTA matnida ham, Rossiya Xavfsizlik kengashi veb-saytidagi bayonotda ham aytilishicha, Kim va Shoygu Shimoliy Koreya askarlari Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi kurashgan Kursk viloyatidagi janglarni muhokama qilgan. Rossiya Xavfsizlik kengashining xabar berishicha, «koreyalik askarlarning jasorati va xotirasini abadiylashtirish» masalasi muhokama qilingan.

Pxenyan «Kursk viloyatini ozod qilish operatsiyasida rus askarlari bilan bir xandaqda yelkama-yelka kurashgan va Rossiya hududining qimmatli qismini o‘z vatani sifatida himoya qilgan koreys xalqining eng yaxshi o‘g‘lonlarining beqiyos jasorati va fidoyiligi» haqida maʼlum qildi.

KXDR va Rossiya Xavfsizlik kengashi 2024 yil 19 iyun kuni Vladimir Putinning tashrifi chog‘ida KXDR poytaxtida tuzilgan Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaga tayangan. Unda agar ulardan biri qurolli hujumga uchragan bo‘lsa, bir davlatdan ikkinchisiga harbiy va boshqa yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60620 | Инструменты