Huawei 1
Meksikada 7,4 magnitudali zilzila sodir bo’ldi

Kuni kecha Meksikaning tinch okeani hududlarida 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo’ldi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 6 kishi hayotdan ko’z yumdi.

Xalok bo’lganlar ispan mustamlakasi me'morchiligi bilan mashhur bo'lgan tog’li xududda,  Oaxaka xududidagi zilzila markazi yaqinida bo’lishgan.

Zilzila oqibatida ko’plab uylar vayron bo’lgan. Mintaqadagi 200 ga yaqin turar joy binolari zarar ko’rgan, jumaladan 30tasi buutunlay qulagan.  

Katta toshlar qulab Oaxaka shahri va qirg'oq o'rtasida o'ralgan tog ' yo'llarini to'sib qo'ydi. Qutqaruvchilar barcha qishloqlarga yetib bora olmadilar.

AQSh geologiya xizmatining xabar berishicha, zilzila markazi Pochutla shahrining shimoli-sharqida 69 km masofada joylashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60302 | Инструменты