Netflix o‘zining YouTube kanalida “The Squid Game” (Kalmar oʻyini) realiti-shousi uchun yangi tizerni namoyish qildi. Videodan uning premyerasi 22-noyabr kuni bo'lib o'tishi ma'lum bo'ldi.
Squid Game: Challenge musobaqasida 456 nafar o‘yinchi 4,56 million dollar yutib olish uchun kurash olib boradi, bu o‘sha turdagi eng yirik pul mukofotidir. Jami o'n qism rejalashtirilgan.
Har birida ishtirokchilar seriyadan ilhomlangan o'yinlarda, shuningdek, shou uchun maxsus yaratilgan bir nechta yangi o'yinlarda raqobatlashadilar. Realiti-shouni suratga olish jarayoni yil boshida yakuniga yetdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70508 | Инструменты