Unga ko'ra, O‘zbekiston fuqarolari 59 ta davlatga vizasiz borishi mumkin
Henley & Partners Pasport indeksi - bu mamlakatlarning o'z fuqarolariga erkin harakatlanish darajasiga asoslangan xalqaro reytingdir. Indeks 200 dan ortiq mamlakat va hududlarning vizasiz qoidalarini tahlil qiladi va ularni vizasiz mamlakatlar soni bo'yicha tartiblaydi.
Kompaniyaning bu yilgi bergan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 59 davlatga vizasiz borishi mumkin. Reytingda esa 88-o'rinni egallagan.
Reytingda birinchi o‘rinni Yaponiya fuqaro pasporti egallagan. Jumladan, uning egalari dunyoning 193 davlatiga vizasiz sayohat qilishi mumkin. Ikkinchi o‘rinni Janubiy Koreya va Singapur pasportlari (vizasiz 192 davlat) qayd etgan. 190 ta davlatga vizasiz sayohat qilish imkoniyati bo‘yicha uchinchi o‘rinni Germaniya, Ispaniya, Finlyandiya, Italiya va Lyuksemburg pasportlari egallagan.
Buyuk Britaniya pasporti oltinchi (187 mamlakat), Shveysariya yettinchi (186) o‘rinni olgan. Sobiq SSSR mamlakatlaridan Litva sayohat qilish erkinligi bo‘yicha eng "kuchli" pasportga ega (10-o‘rin), jumladan, bu mamlakat fuqarolari 182 davlatga vizasiz sayohat qilish mumkin.
Estoniya va Latviya 11-o‘rinda (181 davlat), Ukraina 35-o‘rinda (144 davlat), Gruziya 52-o‘rinda (116 ta vizasiz yo‘nalish), Belarus 71-o‘rinda (78 ta davlat), Qozog‘iston 73-o‘rinda (76 ta davlat) qayd etilgan.
Turkmaniston postsovet davlatlari orasida eng past ko‘rsatkichga ega: davlat fuqarosining pasporti atigi 53 davlatga vizasiz kirish imkonini beradi. Afg‘oniston mutlaq antirekordga o‘rnatgan, u yerdan 27 davlatga vizasiz borish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62600 | Инструменты