Oyatulloh Ali Xomanaiy Eronda namoyishchilar Trampga yoqish uchun shaharlarni vayron qilayotganini aytdi

Eron oliy yetakchisi mamlakat fuqarolarini AQSH prezidentining yordamiga umid bog‘lamaslikka chaqirdi.

Ali Xomanaiy, shuningdek, Donald Trampning qo‘llari “mingdan ortiq eronliklarning qoni bilan bulg‘anganini” taʼkidladi va AQSH prezidentining ag‘darilishini bashorat qildi. U Trampni Qo‘shma Shtatlarning ichki ishlari bilan shug‘ullanishga chaqirdi.

Eronda ommaviy namoyishlar dekabr oyi oxirida milliy valyutaning qadrsizlanishi va valyuta kursining keskin tebranishlari sababli boshlangan edi. Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, 8 yanvar kechqurun Tehronda tartibsizliklar yana avj oldi. NetBlocks monitoring xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, Eronda internet to‘liq o‘chirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11007 | Инструменты