Ozarbayjon va Armaniston kelishuvi samara bermadi. Urush davom etmoqda.

Shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da Tog'li Qorabog'da o't ochishni to'xtatish to'g'risidagi bitim kuchga kirdi. Biroq, bir necha soat o'tgach, Armaniston va Ozarbayjon bir-birlarini kelishuvni buzganlikda aybladilar.

Rossiya vositachiligida erishilgan sulh bitimi harbiy harakatlarning to'xtatilishini nazarda tutardi, taraflar harbiy asirlar va jasadlarni almashishlari kerak edi.

Biroq, Moskvada bo'lib o'tgan 10soatlik muzokaralar tugaganidan ko'p o'tmay, Armaniston mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlari Syunik viloyati hududiga raketa hujumi uyushtirganini xabar qildi.

Boku esa bu ayblovlarni rad etib, Terter hamda Agdam tumanlari dushman tomonidan o’qqa tutilayotganini aytdi. Yerevan ham o’z navbatida barchasini inkor etdi.

Tog'li Qorabog'dagi janglar 27 sentyabr kuni boshlangan edi. Ushbu tortishuvlar va ayovsiz otishmalarda ko’plab xarbiylar va tinch axoli halok bo’ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50118 | Инструменты