Huawei 1
Pekindagi yangi virus Yevropadan kirib kelgan bo’lishi mumkin

Xitoy xafta boshida Pekinda aniqlangan koronavirus genomi haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi. Rasmiy xabarlarga ko’ra, dastlabki tadqiqotlar virusda Yevropa shtammining borligini ko’rsatgan.

Xitoy hukumati ushbu ma'lumotni Jahon sog'liqni saqlash tashkilotiga ham taqdim qilganini ma'lum qildi.

Xitoyning milliy mikrobiologiya ma'lumotlar markazining veb-saytiga ko'ra, genom ma'lumotlari uchta namunaga asoslangan, ularning ikkitasi inson va bittasi atrof-muhitdan to'plangan.

Pekindagi yangi infeksiya holatlari Osiyodagi eng yirik Shinfadi ulgurji savdo bozori bilan bog'liq.

Sakkiz kun ichida shaharda jami 183ta yangi infeksiya holati aniqlandi.

Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi vakili Chjan Yun o’z maqolasida genom bilan bog’liq va epidemiologik tadqiqotlarning dastlabki natijalariga ko'ra virus Yevropadan kelganini, ammo u Yevropada hozirda tarqalayotgan virusdan farq qilishini yozadi.

Chjanning fikriga ko’ra, virusning Xitoyga kirib kelganligi bo’yicha bir nechta taxminlar bor.

Jumladan, virus import qilingan muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida yashiringan holda kirib kelgan bo'lishi mumkin.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga