Huawei 1
Pokiston Hindistonga qarshi harbiy operatsiyani boshladi

10 may kuni Pokiston Hindistonga qarshi “Banyan-ul-Marsus”, ya’ni “Mustahkam devor” deb nomlangan keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Bu operatsiya Hindiston tomonidan davom etayotgan “provokatsiyalar”ga javob sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, Geo TV xabar berdi.

Telekanalga ko‘ra, Pokiston armiyasi Hindistonning bir nechta harbiy ob’ektlariga zarba bergan. Ular orasida Udxampur va Patxankot aviabazalari ham bor. Bundan tashqari, telekanal ma’lumotiga ko‘ra, “BraMoc” rusumidagi kemaga qarshi tovush tezligiga ega raketalar ombori yo‘q qilingan. Telekanal manbalari, shuningdek, Pokiston tomonidan uyushtirilgan kiberhujum oqibatida Hindiston elektr tarmoqlarining 70 foizi ishdan chiqqanini da’vo qilmoqda.

Pokiston armiyasi vakili, general-leytenant Ahmad Sharif Chaudxri Hindiston bunga javoban uchta aviabazaga raketalar otganini ma’lum qilgan.

“Hindiston o‘z harbiy samolyotlari orqali yer-yer toifasidagi raketalarni uchirdi. Nur-Xon, Myurid va Shorkot nishonga olingan”, degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi raketalar havo mudofaasi kuchlari tomonidan to‘xtatilgan.

“The Times of India” nashrining yozishicha, Pokiston, shuningdek, Hindistonning shimolidagi Jammu va Kashmirdan tortib, g‘arbdagi Gujarat shtatigacha 26 ta hududni nishonga olgan dron hujumlarining yangi to‘lqinini boshlab yuborgan.

CNN xabariga ko‘ra, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif mamlakatning yadro va raketa siyosati bo‘yicha eng yuqori darajadagi boshqaruv organi yig‘ilishini chaqirgan. Hindiston OAVlari rasmiy shaxslarga tayanib, 3 kishi, jumladan, Hindistonning yuqori martabali amaldori otishmada og‘ir yaralanganini bildirgan.

Keyinchalik Jammu va Kashmir shtatining Bosh vaziri Omar Abdulloh Pokiston zarbalari oqibatida jabrlangan rasmiy vafot etgani ma’lum qilingan.

“Biz ma’muriy xizmatga sodiq bo‘lgan xodimni yo‘qotdik. Raj Kumar Tappa – tumanni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha komissar halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51015 | Инструменты