Pokistonning "Alfalah" Banki 20 yildan so‘ng Afg‘onistondagi faoliyatini yakunladi

Pokistonning "Alfalah" Banki 20 yildan so‘ng Afg‘onistondagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda Ariana News xabar berdi. Bankning 6-noyabr kuni aksiyadorlarga yo‘llagan xabarida aytilishicha, u o‘zining Afg‘onistondagi bank biznesini "Ghaznfar Bank"ka o‘tkazib bergan.

Bankning ma’lum qilishicha, yakuniy kelishuvlar imzolangach, Pokiston Davlat banki hamda Afg‘oniston banki tomonidan tasdiqlanib, boshqa talab etiladigan shartlar bajarilgach, bitim 5-noyabr kuni yakunlangan.

Bank Alfalah 2005-yilda Kobulda o‘z faoliyatini boshlab, ham an’anaviy, ham islomiy bank xizmatlarini ko'rsatib kelgan.

Bankning Afg‘onistondan chiqib ketishiga qariyb bir yil tayyorgarlik ko‘rilgan. 2025-yil dekabrda bank direktorlar kengashi Ghazanfar Bank’ning biznesni sotib olish bo‘yicha dastlabki taklifini qabul qilgan. 2026-yil yanvarida esa ikki davlat markaziy banklari bitim oldidan tekshiruv o‘tkazishga rozilik bergan.

Bank Alfalah Kobul va Hirotdagi mijozlaridan 2-noyabrgacha hisobidagi mablag‘ni Ghazanfar Bank’ka o‘tkazish yoki pulini yechib, hisobini yopish bo‘yicha qaror qabul qilishni so‘ragan. Javob bermagan mijozlarning mablag‘lari avtomatik ravishda Ghazanfar Bank’ka o‘tkazilgan.

Afg‘onistonda Tolibon hokimiyatga kelganidan beri bank sektori inqirozda qolmoqda, deb yozadi OAV. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat xalqaro bank tizimidan foydalanish imkoniyatini yo‘qotgan, markaziy bank zaxiralari esa muzlatilgan. Inqiroz tufayli mamlakatdagi 12 ta davlat va tijorat bankining ayrimlari yopilgan, boshqalari esa cheklovlar bilan ishlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110911 | Инструменты