Huawei 2
Qozog‘iston aeroportlarida ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi

1-maydan boshlab Qozog‘iston aeroportlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Bu haqda mamlakat Transport vazirligining Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi xabar berdi.

Bildirilishicha, mamlakatning barcha aeroportlarida, vokzal, avtoturargohlar va yo‘lovchi terminallari yaqinidagi hududlarda xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Taqiqlangan narsalarni olib o‘tishning oldini olish uchun yo‘lovchilar terminaliga kirishda birinchi skrining liniyasi joriy etilgan. 

Shu sababli yo‘lovchilardan reyslarga ro‘yxatdan o‘tish uchun aeroportlarga ertaroq kelishlari so‘ralgan. 

"Yangi tartib fuqaro aviatsiyasi havo transporti infratuzilmasining aviatsiya xavfsizligi holatini profilaktika qilish va baholash bilan bog‘liq", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga