Huawei 1
Qozog‘istonda yangi shahar – Olatau paydo bo‘ldi

Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi Jetigen qishlog‘i viloyat ahamiyatiga ega shaharga aylandi. Tegishli farmonni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev imzoladi, deya xabar berdi Oqo‘rda matbuot xizmati.

“Qozog‘iston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasiga muvofiq, Olmaota viloyatining Iliy tumanini undan Jetigen qishlog‘ini ajratib, uni qayta tashkil etishga qaror qilaman. Jetigen qishlog‘i viloyat ahamiyatiga ega shaharlar qatoriga kiritilsin va uning nomi Olatau shahri deb o‘zgartirilsin, — deyiladi prezident farmonida.

Qozog‘iston hukumatiga ushbu farmon bandlarini amalga oshirish uchun zarur choralar ko‘rish topshirilgan. Farmon birinchi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Aholi punkti Olmaota markazidan taxminan 47 kilometr shimolda joylashgan. 2009-yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, qishloqda 15 ming kishi yashagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60703 | Инструменты