Huawei 1
Rossiya Afg‘oniston shimoliga yirik gumanitar yordam jo‘natdi

Rossiya hukumati 24-aprel kuni Afg‘oniston shimoliga o‘zining yirik gumanitar yordam karvonini jo‘natgan. Bu haqda Sputnik Afghanistan nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiyaning Kobuldagi elchisi Dmitriy Jirnov 27-aprel, shanba kuni Afg‘oniston shimoliga 536 tonna vitamin bilan boyitilgan undan iborat yirik insonparvarlik yordami yetkazilganini maʼlum qilgan. Elchi, shuningdek, uning mamlakati Afg‘oniston uchun doimiy donor bo‘lib kelganini bildirgan.

Rossiya vakilining so'zlariga ko'ra, Moskva Kobulga insonparvarlik yordamini davom ettiradi. Afg‘oniston shimolidagi och aholiga yordam berish uchun muntazam saʼy-harakatlar amalga oshiriladi.

Moskvaning Afg‘onistonga yordam paketi 33 tonna oziq-ovqatni ham o‘z ichiga olgani xabar berilgan. Keyingi jo‘natmalarda bu miqdor oshishi aytilgan.

Maʼlumot o‘rnida, BMT va qator gumanitar yordam tashkilotlari Afg‘onistonda qashshoqlikning davom etishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan. Xalqaro hamjamiyatni bu borada zarur choralar ko‘rishga, yordamni ko‘paytirishga chaqirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga