Huawei 2
Rossiya Moskvada Ukraina armiyasidan tortib olingan NATO qurollarini namoyish etdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Moskvada NATO davlatlarining qurol-yarog‘ va harbiy texnika namunalarini, jumladan, Ukrainadagi mojarolar chog‘ida Rossiya armiyasi tomonidan tortib olingan “Leopard” va “M1 Abrams” tanklarini namoyish etdi.

Chorshanba kunidan beri Rossiya poytaxtidagi G‘alaba bog‘ida AQSh, Germaniya, Angliya, Fransiya va Ukraina kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan qurol va harbiy texnikaning 30 dan ortiq namunalaridan iborat ko‘rgazma tashrif buyuruvchilar uchun ochiq.

“Tarix takrorlanadi” shiori ostida ochilgan ko‘rgazmaning boshida Ikkinchi jahon urushi yillarida Sovet armiyasi tomonidan qo‘lga olingan Germaniyaning Marder 2 tank esminetsi joylashgan.

Germaniyaning Leopard tanki, Marder piyoda jangovar mashinasi, Amerikaning M1 Abrams tanki, Bredli zirhli jangovar mashinasi, M777 gaubitsasi, Britaniyaning Xaski va Sakson zirhli mashinalari, Fransiyaning AMX-10RC g‘ildirakli tanki kabi mashhur qurollar o‘rin olgan ko‘rgazmada harbiy texnikalar, asosan NATOga a'zo mamlakatlarda ishlab chiqarilgan va urush paytida yo'q qilingan.

Shuningdek, janglarda qo‘lga olingan Ukraina tanklari va zirhli texnikalari ham fuqarolar e’tiboriga havola etilmoqda.

G‘arb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tankga qarshi, minalarga qarshi va boshqa o‘qotar qurollar, texnik jihozlar namunalari ham shu yerda.

Moskvadagi ko'rgazma 31-mayga qadar ochiq bo'ladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga