Huawei 1
Sadir Japarov 12 yil oldingi O‘sh voqealari bo‘yicha sudga chaqirildi

2010-yil O‘sh voqealari bo‘yicha Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiev, deputat Talant Mamitov va siyosatchi Axmatbek Keldibekov sudga guvoh sifatida chaqirildi.

Bu ayblanuvchining ya'ni Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining sobiq rahbari Keneshbek Duyshebaevning iltimosiga koʻra amalga oshirilgan.

Bundan 12 yil avval yozda, aprel voqealaridan ko‘p o‘tmay, Qirg‘iziston janubida millatlararo nizo kelib chiqqan va buning oqibatida 400 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Muvaqqat hukumat a'zolari o'sha voqealar paytida mansab vakolatlarini suiiste'mol qilganlikda ayblanmoqda. Tergovning o'zi 2021-yilda qayta ochilgan.

1-dekabr kungi sud majlisida ayblanuvchilar qatorida Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev ham ishtirok etdi. U tez yordam mashinasida harbiylar hamrohligida sudga olib kelingan, biroq ko‘rsatma berishdan bor tortib, “sirkda” qatnashmasligini aytgan. Shundan keyin u sud zalidan olib chiqilgan.Iyun voqealari ayblanuvchilarning hech biri o‘z aybiga iqror bo‘lmgan. Bundan tashqari, sud majlisida sobiq mudofaa vaziri Ismoil Isoqov va sobiq IIV o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Jalolobod va O‘sh viloyatlari komendanti Baktibek Alimbekov ishtirok etgan. Prokuror ayblov xulosasini o‘qib chiqqan, biroq zalda hozir bo‘lgan sudlanuvchilarning hech biri o‘z aybiga iqror bo‘lmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71612 | Инструменты