Huawei 1
Sog’liqni saqlash vaziri hibsga olindi

Boliviya sog'liqni saqlash vaziri iste'foga chiqdi va darhol hibsga olindi. U davlatning xalqaro kreditidan foydalangan xolda o'pkani sun'iy nafas oldirish uskunasini yuqori narxlarda sotib olganlikda ayblanmoqda.

20 may kuni mamlakat prokuraturasi vazil va uning uch nafar o'rinbosari hibsga olinganini xabar qildi.

Tergov natijalariga ko'ra, ularning barchasi o’pkani sun'iy shamollatish uskunalarini sotib olish bo'yicha korrupsion bitimga aloqadordirlar. Janubiy Amerikaning kambag’al qatlami muxtoj bo’layotgan bu uskunlar Ispaniyadagi vositachilik kompaniyasi orqali juda qimmat narxlarda sotib olingani isbotlandi, dedi prokurorlar ishonch bilan.   

Har bir qurilma uchun $27 ming 683 AQSh dollari to`langan. Bu bozor qiymatidan deyarli to'rt barobar yuqori narxdir. Bundan tashqari, vazir Boliviya tomonidan Amerika taraqqiyot bankidan qarz sifatida olingan pullarni talon-taroj qildi. Voqea yuzasidan mamlakat prezidenti ham izoh berdi.

BOLIVIYA PREZIDENTI JANIN ANIEZ:

"Qanday qilib kimdir bunday murakkab davrlarni boshdan kechirayotgan Boliviyani talon-taroj qilishga urinishi mumkin? Men ochiqchasiga uchta maqsadga erishish uchun kurashdan to`xtamayman. Har bir o'g'irlangan pulni qaytarib olish, korrupsionerlarga qarshi kurashda qonunning barcha kuchidan foydalanish va har qanday sharoitda bu ishda haqiqatga erishish uchun doimo ishlashga tayyorman".

Boliviya politsiyasi vazir va uning o'rinbosarlarini hibsga olish bilan cheklanib qolmasligi mumkinligini ta'kidlamoqda. Tergov mamlakat tashqarisida bo'lgan bir nechta mansabdor shaxslar va ularning biznes hamkorlari bilan qiziqdi.

Ispaniyalik ishlab chiqaruvchi kompaniya izoh berishdan bosh tortdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga