Huawei 1
Sud Harvardga chet ellik talabalarni yana qabul qilishga ruxsat berdi

Boston federal sudi prezident Donald Trampning Harvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash haqidagi qarorini nomaʼlum muddatga blokladi. Sobiq prezident Barak Obama tomonidan tayinlangan sudya Ellison Berrouz 29 may, payshanba kuni shunday hukm chiqardi.

Berrouzning qayd etishicha, bunday qaror «status-kvoni saqlab qolish»ga yordam beradi. Biroq, ish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilingani yo‘q, deb taʼkidlaydi OAV.

Shunday qilib, Oq uy universitetga Student and Exchange Visitor Program (SEVP) dasturini amalga oshirishga ruxsat beruvchi sertifikatni hali bekor qila olmaydi.

AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem 22 may kuni Harvard universitetini «zo‘ravonlik, antisemitizmni rag‘batlantirish va Xitoy Kommunistik partiyasi bilan muvofiq ishlashda» ayblab, SEVP sertifikatini bekor qilishni buyurdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60218 | Инструменты