Huawei 1
Tramp Abu-Dabiga yetib bordi

15 may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp rasmiy davlat tashrifi bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahriga yetib bordi. Bu haqda “Sky News Arabia” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Prezident Tramp va uning hamrohligidagi delegatsiyani Abu-Dabi aeroportida BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon kutib olgan.

Shuningdek, uni kutib olganlar qatorida Abu-Dabi valiahdi, milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi shayx Tahnun bin Zoid Ol Nahayon, Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri shayx Abdulloh bin Zoid Ol Nahayon, Prezident maslahatchisi shayx Muhammad bin Hamad bin Tahnun Ol Nahayon, Prezident idorasining strategik masalalar bo‘yicha rahbari, doktor Ahmad Muborak al-Mazrui, BAAning AQSHdagi elchisi Yusuf al-Utayba va boshqa yuqori martabali amaldorlar bo‘lgan.

Tashrif davomida Tramp Abu-Dabidagi Shayx Zoyid masjidini ziyorat qiladi, shundan so‘ng u Prezident saroyi Qasr al-Vatan hovlisida rasmiy qabul marosimi va tantanali kechki ovqatda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

16 may kuni AQSH Prezidenti Abu-Dabidagi Amerika elchixonasi xodimlari bilan uchrashadi. Shuningdek, u amerika-amirliklar ishbilarmonlar forumiga tashrif buyuradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51602 | Инструменты