Huawei 1
Tramp “feyk” xabarlar tarqatmoqdami?

Tvitter tarmog’I seshanba kuni o’z foydalanuvchilarini AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan qoldirilayotgan izohlarni va faktlarni sinchkovlik bilan tekshirishga chaqirdi. Mikrobloglar tarmog’I vakillarining xabariga ko’ra, Donald Tramp tomonidan saylovlar to’g’risida qoldirilayotgan izohlar yolg’ondir.

Kompaniyaning ushbu ma’lumotiga javob berish uchun Donald Tramp ko’p o’ylab o’tirmadi, Tvitterni 2020 yildagi saylovlarga aralashuvda aybladi va navbatdagi izohini qoldirdi: “Tvitter fikr erkinligiga qarshilik qilmoqda, va men, prezident, bunday bo’lishiga yo’l qo’ymayman”.

Endilikda Trampning “feyk” ma’lumotlari Tvitter tarmog’I tomonidan maxsus izoh bilan ajratib ko’rsatilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga