Huawei 1
Tramp Rossiyani G7-ga qaytarmoqchi. Qolgan barcha davlatlar bunga qarshi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni G7ga qo'shilishini qo’llab-quvvatlashini, Moskvaning ishtiroki turli masalalarni hal qilishni osonlashtirishi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi.

"Biz muxokama qiladigan ko’p narsalar Putinga ham aloqador”, dedi Tramp Fox News radiostansiyasiga bergan intervyusida.

O'tgan hafta oxirida Tramp sammitga taklif etilganlar ro'yxatini kengaytirishni istashini aytgan edi.

Tramp allaqachon Putinni telefon orqali  bu fikr haqida xabardor qildi. Kreml  bu tashabbusga qandaydir tarzda javob berish uchun yetarli ma'lumotga ega emasligini aytdi.

Rossiyaning G7ga qaytishiga Kanada qarshilik qildi. Bu fikrni shuningdek, Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi ham rad etdi.   Germaniya, xozir tashkilotning formatini o'zgartirish vaqti emas deb hisoblamoqda.

Katta yettilik sammiti iyun oyida bo'lib o'tishi kerak edi, ammo Tramp uni kamida sentyabr oyiga ko'chirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga