Huawei 1
Turkiya vaziri mamlakatdagi zilzilalardan ko'rilgan zararni 80 milliard dollarga baholadi

Ayni paytda Turkiyadagi zilzilalarning zarari taxminan 80 milliard dollarni tashkil etmoqda, zarar ko'rgan viloyatlar esa eksport uchun 40 foizga kamroq mahsulot ishlab chiqarmoqda. Bu haqda kecha, 8-mart kuni Turkiya qishloq va o’rmon xo’jaligi vaziri Vahit Kirishchi maʼlum qildi.

"Bo’lib o’tgan hodisalar biz uchun juda og’riqli voqea bo’ldi. Taxminiy zarar 80 milliard dollarni tashkil etmoqda. Zilzilalar natijasida faqat Suv resurslari boshqarmasiga yetkazilgan zararning o’zi 22 milliard liraga (1,15 milliard dollar) yetgan", - dedi vazir.

Kirishchining ta’kidlashicha, ekin maydonlarini bosimli suv tizimi bilan sug'orishni boshlash vaqti kelganida Suv resurslari boshqarmasining moliyaviy yo’qotishlari yanada oshishi mumkin.

"Biz bu tizimda qayerda zarar borligini hali bilmaymiz", - deb tushuntirdi u.

Shuningdek, zilzila Turkiya eksportiga ham katta zarba berdi, deydi Krishchi. Uning so’zlariga ko’ra, falokat ko'rgan viloyatlarning Turkiya eksportidagi ulushi taxminan 15,5 foizni tashkil etadi. Zilzilalardan keyin bu hududlar eksport uchun 40 foizga kam mahsulot ishlab chiqara boshlagan.

“Zilzila zonasidagi 11 viloyatdan eksport 2022-yildagi 2 milliard 947 million dollardan 1 milliard 783 million dollarga tushdi”, — dedi vazir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Turkiyadagi Taraqqiyot Dasturi matbuot kotibi Luiza Vinton fevral oyida yuz bergan zilzilalarning Turkiyaga yetkazgan zarari 100 milliard dollardan oshishi mumkinligini aytgan.

Avvalroq Jahon banki rahbari Ukrainani tiklashga 350 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ketishini ma'lum qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20813 | Инструменты