Huawei 1
Turkiyada 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi

Bugun, 6-fevral kuni Turkiya janubidagi 1 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Gaziantep shahri yaqinida 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi.

Yevropa-O'rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri aholi punktidan 37 km uzoqlikda, 10 km chuqurlikda bo'lgan. Shundan so'ng birgina Turkiyaning o'zida 42 marta qayta yer silkinishi sodir bo'lgan, shundan 6 tasining kuchi 6 magnitudan yuqori bo'lgan.

Xabarga ko'ra, zilzila O'zbekiston vaqti bilan 06:17 da sodir bo'lgan.

Zilzila oqibatida Turkiya va Suriyaning bir qancha shaharlarida ko'p qavatli uylar qulagan, odamlar vayronalar ostida qolgan, qurbonlar ham borligi ma'lum qilindi.

Shuningdek, zilzila oqibatida quyidagi viloyatlar zarar ko'rgan:

- Usmoniya viloyatida kamida besh kishi halok bo'lgan, 34 ta bino qulab tushgan;

- Shanliurfa viloyatida kamida 16 ta uy qulagan, 12 kishi halok bo'lgan;

- Diyarbakir viloyatida sakkiz qavatli bino qulab tushgan;

- Adana shahrida 17 qavatli bino qulab tushgan.

Bundan tashqari, zilzila oqibatida Suriyaning Xama shahridagi sakkiz qavatli bino qulab tushgan. Ayni damda vayrongarchilik yuz bergan joylarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Zilzila oqibatida Turkiyadagi o'zbekistonliklar jabrlangani haqida hozircha xabar berilmadi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121514 | Инструменты