Turkiyaning qishloq hududida boshlangan yong‘in kuchli shamol tufayli qo‘shni viloyatga ham o‘tgan
Turkiya janubi-sharqidagi qishloq xo‘jaligi dalalarida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 70 dan ortiq kishi jarohatlandi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja 21-iyun, juma kuni.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning 10 nafari og‘ir ahvolda. Ular mahalliy shifoxonalarda davolanmoqda, dedi Koja.
Diyarbakir viloyatidagi dehqonchilik hududida boshlangan yong‘in kuchli shamol tufayli qo‘shni Mardin viloyatiga ham yoyilgan. Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning 21-iyunga o‘tar kechasi xabar berishicha, o‘t o‘chiruvchilar yong‘in tarqalishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishgan. Yong‘in sabablari noma’lum.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52109 | Инструменты