"O‘rgimchak odam" filmidagi roli bilan mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor Uilliyam Defo Gollivud shon-shuhrat zalida shaxsiy yulduziga ega bo‘ldi. AQSHning Los-Anjeles shahrida ushbu marosim bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, marosimda aktyorlar Mark Ruffalo, Pedro Paskal, Gilermo del Toro va aktrisa Patrisiya Arkett Defoni qo‘llab-quvvatlash uchun ishtirok etdi.
Aktyor Yorgos Lantimosning “Adashganlar va yo‘qolganlar” filmida olim rolini o‘ynagan va bu rol uchun “Oltin globus” sovriniga nominatsiyasi qo‘yilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60704 | Инструменты