Yevroparlament 12-iyul, chorshanba kuni biroz ko'proq ovoz bilan Yevropa Ittifoqida tabiatni muhofaza qilish va biologik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan qonun loyihasini qo'llab-quvvatladi.
Rezolyutsiya 336 ta ovoz bilan ma’qullandi, 300 nafar deputat qarshi chiqdi hamda 13 ta betaraf ovoz yig’ildi.
Yevrokomissiya tomonidan ishlab chiqilgan tashabbusga ko’ra, Yevropa Ittifoqi 2030-yilga borib unga a’zo davlatlar chegaralaridagi quruqlik va dengizlar yuzasining kamida 20 foizini tabiiy holatiga qaytarish chora-tadbirlarini amalga oshirishi kerak. Xususan, gap o’rmonlar barpo etish, shaharlarni ko’kalamzorlashtirish, torf botqoqlarini va yo’qolib borayotgan ekotizimlarni qayta tiklashga qaratilgan boshqa tashabbuslar haqida bormoqda.
Yevropa Ittifoqida tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi ushbu qonun loyihasi tanqidlarga sabab bo'ldi
Qonun loyihasiga Yevropa parlamentida konservativ Yevropa xalq partiyasi (YXP), shuningdek, o’ng qanot populistik “Identifikatsiya va demokratiya” fraksiyasi qarshi chiqmoqda. YXP, xususan, qonun loyihasida belgilangan tabiiy landshaftlarni tiklash choralari ularning faoliyatini jiddiy cheklashi mumkin, deb hisoblagan yirik fermerlik uyushmalarining qo’rquviga qo’shiladi.
Buning natijasi qishloq xo’jaligi yerlari maydonining qisqarishi va natijada ekinlar hajmining qisqarishi bo’lishi mumkin, bu Yevropa Ittifoqining oziq-ovqat xavfsizligi va fermerlarning farovonligiga xavf tug’diradi, deya ogohlantirmoqda qonun loyihasi tanqidchilari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60622 | Инструменты