Ukraina prezidenti va uning jamoasi Amerikaning yuqori martabali diplomatlari bilan muzokaralar uchun Saudiya Arabistoniga keldi.
Zelenskiy 10-mart kuni iftorlikdan so‘ng Saudiya valiahd shahzodasi bilan qisqa uchrashuv o‘tkazdi. Mahalliy manbalarning yozishicha, Muhammad bin Salmon uning mamlakati Ukraina inqirozini hal qilish va tinchlikka erishishga qaratilgan barcha xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Ayni vaqtda AQSh davlat kotibi ham Jidda shahrida bo‘lib turibdi. Biroq Sky News nashrining yozishicha, u Zelenskiy bilan uchrashmaydi. Buning o‘rniga Marko Rubio Saudiya valiahd shahzodasi bilan Yaman husiylarining savdo kemalariga tahdidi, Suriya va G‘azoni qayta qurish masalalarini muhokama qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82706 | Инструменты