Huawei 2
Boks. Shohjahon Ergashev 12 yanvar kuni amerikalik bokschiga qarshi ringga chiqadi

Nokautchi bokschimiz Shohjahon Ergashevning professional boksdagi 12 jangi kimga qarshi va qachon bo'lishi ma'lum bo'ldi.

Professional ringlarda mag'lubiyat nima ekanligini bilmay kelayotgan Shohjahon 12 yanvar kuni AQShning Nyu-York shahridagi Turning Stone Resort Casino arenasida amerikalik yengilmas bokschi Soni Fredriksonga qarshi ringga ko'tariladi.

AQShlik bokschi o'z faoliyatida 18ta jang o'tkazib barchasida g'alaba qozongan va ularni 12tasini nokaut bilan yakunlashga muvaffaq bo'lgan.

Qayd etish kerak, hamyurtimiz 11ta jangining barchasini muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan.

Izohlar: 6
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Узоқов Анвар
    0
    Узоқов Анвар 6 yil avval

    Шохжахон асил Рапқон Рафиқон (Рафиқ-дўст қон-юрт) дўстлар юрти фарзанди ушбу юртдан не-не азиз инсонлар етишиб чиққан укажон ўзлигинг, ўзбеклигинг унитма доимо юзинг ёруғ толейинг баланд бўлсин. Элнинг назаридан қолмагин қайерда бўлсанг ҳам буюклар юрти Рафиқон фарзандисан. Ўша Олим акам Худойназаров айтганидек оллохим омадларингни берсин.

  • шахром
    0
    шахром 6 yil avval

    Жанг качон булади

  • Fc_andijon@inbox.ru
    0
    Fc_andijon 6 yil avval

    Кайси каналдан олиб берадикан?

  • sardor
    0
    sardor 6 yil avval

    Uzreport translatsiya qiladimi iltimos javob yozinglar

  • Otabek89.ok@gmail.com
    16
    Otabek89.ok 6 yil avval

    Uzreport translyatsiya qladimi?

  • Asadbek
    3
    Asadbek 6 yil avval

    Omad szga zyoma


Tepaga