Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston olimpiya jamoasining Osiyo Kubogi U-23 finalidagi mag‘lubiyati (Yaponiya, 0:1) va ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma olgani haqida gapirdi.
"Penaltidan foydalana olmaganidan (Umarali Rahmonaliyev finalda) keyin 3 kun uxlamay chiqdim. Qaniydi, o‘rnida o‘zim bo‘lsam edi, deyman-da. Bittagina to‘p-a.
Mahorat ko‘rsatishdi, yaxshi o‘ynashdi. Ularning ko‘pi bilan gaplashdim, telegramma yubordim.
Biz darrov chempionlikni xohlaymiz-da. Birinchi marta jamoaviy sport turidan Olimpiadaga chiqdik. Aslida bu ham katta yutuq.
Futbol oson ish emas. Bilasizlarmi, nimadan g‘ururlanaman? Hozir 5-6 futbolchimiz dunyoning mashhur jamoalarida o‘ynamoqda", —deydi Mirziyoyev.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122404 | Инструменты