SSSR hukumatining sobiq rahbari Nikolay Rijkov vafot etdi

28-fevral, chorshanba kuni rossiyalik siyosatchi Nikolay Rijkov vafot etdi, deb xabar berdi Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matvienko o‘zining Telegram kanalida. U 94 yoshda edi. 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida u Mixail Gorbachev islohotlarining tashabbuskorlari va faol targ'ibotchilaridan biri edi. 

Nikolay Rijkov 1985-1991-yillarda SSSR Vazirlar Kengashining Raisi bo'lib ishlagan, KPSS Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosi a'zosi bo'lgan va rejalashtirilgan iqtisodiyotni boshqarishni saqlab qolgan holda Gorbachevning "bozor sotsializmi" ni yaratish yo'lini qo'llab-quvvatlagan.

Nikolay Ivanovich Rijkov 1929-yil 28-sentyabrda Donetsk viloyatida tug'ilgan. U Kirov nomidagi Ural politexnika institutini tamomlagan, ishlab chiqarishda ishlagan, keyin partiya safida faoliyatini davom ettirgan. 1985-yildan 1991-yilgacha SSSR Vazirlar Kengashi Raisi lavozimida ishlagan. 1991-yilda u Rossiyadagi birinchi prezidentlik saylovlarida qatnashib, unda Boris Yeltsinga yutqazdi. II va III chaqiriq Davlat Dumasining deputati etib saylangan.

1995-2003-yillarda u Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati, keyin 20 yil davomida Federatsiya Kengashida Belgorod viloyatidan senator bo'lib ishlagan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70707 | Инструменты