Huawei 1
Toshkentda 2 yuk mashina haydovchilari “Jiguli” haydovchisi bilan tortishib, yo‘lda xavfli vaziyat yuzaga keltirdi

Toshkent shahar Mirobod tumanida ikki yuk mashina haydovchilari yo‘lda “Jiguli” haydovchisi bilan tortishib, xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi

Voqea 4-iyul kuni soat 15:15 da Mirobod tumanida, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yuk mashinalaridan biri katta tezlikda kelib, chapga burilib, VAZ 2106 haydovchisining yo‘lini to‘sgan, ikkinchi yuk mashina haydovchisi esa “Jiguli”ni orqadan siqib kelgan. 

Holat yuzasidan yuk transport vositasi haydovchisiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128 primm 5-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. 

“Qilgan ishimdan pushaymonman”, deya uzr so‘ragan yuk mashina haydovchisi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100516 | Инструменты