Xitoydagi barcha mahalliy reyslar bekor qilinib, mamlakat o'z havo hududini yopayotganini ta’kidlagan
Xitoy AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrif buyurishi fonida oroldan 150 kilometr uzoqlikda harbiy mashg‘ulot olib bormoqda. (video)
Ommaviy axborot vositalari Futszyandagi harbiy mashg‘ulotlardan lavhalarni e’lon qilgan.
Fuqaro aviatsiyasining provinsiyadagi barcha reyslari bekor qilingan, ya’ni Xitoy havo hududini yopayotgani ta’kidlangan. Harbiy mashg‘ulotlar 5-avgustga qadar davom etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoyning ikkita samolyot tashuvchi kemasi Pelosining Tayvanga ehtimoliy tashrifi oldidan dengizga chiqarilgan.
2-avgust soat 00:00 dan (Toshkent vaqti bilan dushanba soat 17:00) 6-avgust 24:00 gacha (Toshkent vaqti bilan soat 17:00) Janubiy Xitoy dengizining bir qismida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi”, deyiladi vazirlik xabarida. Koordinatalari saytda ko‘rsatilgan ushbu hududga kirish taqiqlanadi, deyiladi hujjatda.
Xitoy Tayvanni o‘zining ajralib chiqqan provinsiyasi deb hisoblaydi, Tayvan esa mustaqil davlat ekanini da’vo qiladi. Tayvanning o‘z konstitutsiyasi, armiyasi va saylangan hukumati mavjud.
Joriy yil 30-iyul kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safar uchun yo‘l oldi. So‘nggi kunlarda OAVda Pelosi turne davomida Tayvanga ham tashrif buyurishi haqida yozildi va bu xabarlar AQSh hamda Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirdi. Pekin manbasiga ko'ra, xuddi o‘sha kuni XXR raisi Si Szinpining AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon muloqotida Tayvan masalasida "olov bilan o‘ynashmaslik"ka chaqirgan. Si Baydenga AQSh "yagona Xitoy" tamoyilini hurmat qilishi kerakligini eslatgan. Shu sababli xitoyliklar armiyasi oldindan e’lon qilmagan holda Tayvan yaqinidagi Futszyan provinsiyasida (orol bilan o‘rtada bitta bo‘g‘oz ajratib turadi) harbiy mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.
Tayvan Xitoyning bu "rejasi"ga javoban nimalar qilmoqda?
Tayvandagi "Taoyuan" aeroporti Nensi Pelosining orolga tashrifi oldidan uchta bomba o‘rnatilgani haqida tahdidli xabar olgan. Tayvan harbiy-havo kuchlari Taytung okrugidagi aviabazaga Fransiyada ishlab chiqarilgan qo‘shimcha sakkizta "Miraj-2000" qiruvchi samolyotini joylashtirgan.
Tayvan OAVlari Pelosi orolga seshanba kuni kechqurun yetib borish niyatida ekanini xabar qilgan edi. Xitoy, agar Pelosi Tayvanga tashrif buyursa, bunga harbiy javob qaytarilishini uqtirmoqda. Qo‘shma Shtatlar Xitoy harbiy yo‘nalishda bir qator qadamlar qo‘yishi mumkinligidan xavotirda. Pelosi chiqqani taxmin qilinayotgan maxsus bort Malayziyadan havoga ko‘tarilib, janubga harakatlanishni boshlagan.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra esa, Nensi Pelosi delegatsiyasi Taypeydagi Grand Hyatt mehmonxonasining 48 xonadan iborat butun qavatini band qildi, deya xabar bermoqda Tayvan OAVlari.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Tayvanga mahalliy vaqt bilan 21:20 (Toshkent vaqti bilan 18:20) atrofida keladi. Xonalar bir kechaga band qilingan va Amerika delegatsiyasi Tayvanni 3-avgustda tark etishi kutilmoqda. Mehmonxona va uning atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Bir kun avval Tayvanning SETN telekanali Pelosi chorshanba kuni Tayvan prezidenti Tsay Inven bilan uchrashib, keyin jo‘nab ketishini xabar qilgan edi.
AQSh Tayvan yaqinida “Ronald Reygan” samolyot tashuvchi kemasi va katta desant tashuvchi kemani saqlamoqda.
Bu mojarolar oxiri borib qanday tus olishi mumkin?
AQSH prezidenti Jo Bayden joriy yil may oyidagi bayonotida Xitoy Tayvanga tahdid qilish orqali olov bilan o‘ynashayotganini aytib, agar orolga hujum amalga oshirilsa, Amerika qurolli kuchlari vaziyatga aralashishini va’da qilgan edi.
Baydenning so‘zlari, mintaqadagi vaziyatni kuzatib boruvchi mutaxassislarning fikricha, "yagona Xitoy" siyosatiga (Pekindagi hukumatni mamlakatning yagona legitim hukumati deb bilish) amal qiluvchi Vashingtonning rasmiy pozisityasiga zid keladi. Shu bilan birga Qo‘shma Shtatlar Tayvanni qo‘llab-quvvatlaydi va rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatilmagan bo‘lsa-da, unga qurol-yarog‘ sotadi. Bu jarayonlar esa ikkita davlat o'rtasidagi ziddiyatlarni chuqurlashtirishi mumkin. Xitoy o'z siyosati bo'yicha ish tutishga chaqirayotgan bo'lsa, AQSH o'sha siyosatga roziligi, ammo orolning maqomi kuch bilan o‘zgartirilishi mumkin emasligini qayta-qayta ta’kidlamoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112408 | Инструменты