Huawei 1
17-martdan Bokuda O‘zbekistonga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi

17-martdan 1-iyulga qadar Boku shahridagi Haydar Aliyev markazida «Choklardagi meros: Oʻzbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat» koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Unda Oʻzbekiston muzey sara to‘plamlarida saqlanayotgan 148 dan ortiq bezakli amaliy sanʼat namunalari taqdim etiladi. Ko‘rgazma mamlakatning XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi madaniy va tarixiy merosi va xalq liboslariga bag‘ishlanadi.

Ko‘rgazma ochilishi doirasida madaniy dastur rejalashtirilgan. 16−17-mart kunlari Ozarbayjon davlat akademik musiqali teatri sahnasida Ozarbayjonda ilk bor «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» balet spektakli namoyish etiladi.

Ko‘rgazma va madaniy dastur O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga