Huawei 1
Toshkentda voyaga yetmagan qizga behayolik harakatlarini qilgan erkak 2 yil-u 6 oyga qamaldi

1-may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudida “bezorilik”da ayblanayotgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Uzreport TV muxbiri xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 3 fevral kuni taxminan soat 17:10larda, Mirzo Ulug‘bek tumani, Bo‘z-bozor ko‘chasida sodir bo‘lgan. Unda ayblanuvchi katta yo‘lda 2006-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan behayo harakatlar qilgan. Qiz qarshilik ko‘rsatgach, uning yuzga urib, voqea joyidan qochishga uringan.  

O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, voqeada jabr ko‘rgan qizning pastki labi qontalash bo‘lganligi aniqlangan. Sudda ayblanuvchi aybiga iqror bo'lgan va qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Shuningdek, sudlanuvchining onasi ham fikr bildirib, o‘g‘lining ruhiy holati yaxshi emasligi, aqliy rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ortda ekanligini aytdi. Sudya taqdim etilgan hujjatlarda bu haqda ma’lumot berilmaganligini ma’lum qildi. 

Shundan so‘ng tomonlar,  advokatlar va prokuror fikrlari eshitilib, hukm o‘qildi. Unga ko‘ra, sudlanuvchi  aybdor deb topildi. Unga 2 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122404 | Инструменты