Huawei 1
Al Hakim at-Termiziyning  yoʻqolgan asarlaridan biri topilib, nashr etildi

Al Hakim at-Termiziyning Movarounnahrda Qurʼon sharhiga bagʻishlangan ilk asar sifatida baholangan kitobi bugungacha yoʻqolgan deb kelinardi.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Joʻrabek Choʻtmatov izlanish olib borib, ushbu asar qoʻlyozmasini Turkiyaning Burdur shahridan topdi va uni nashrga tayyorladi.

Dunyo tadqiqotchilari eʼtiboriga havola etish maqsadida asar arab tilida Istanbul shahridagi “Dor al-kutub-arabiyya” nashriyotida “Bahr at-tafsir” (“Tafsir ummoni”) nomi bilan chop etildi. Asar oʻzbek tilida ham nashr etiladi.

Eslatib o'tamiz, Al Hakim at-Termiziy (820-932) yurtimizda tasavvuf va tafsir ilmining rivojlanishini boshlab bergan qomusiy olimlardan hisoblanadi. Olim 400 dan ortiq kitob yozgan boʻlib, ulardan 60 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Allomaning asarlari Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Istanbul va London kabi shaharlardagi qoʻlyozmalar jamgʻarmalarida saqlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11506 | Инструменты