Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni obodonlashtirish ishlari uchun 23-martdan boshlab vaqtinchalik yopildi. Hududda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Unga olib chiquvchi metro bekatlari yopiq bo‘ladi. U sarkardaning 690 yilligi munosabati bilan qayta ochiladi.
Ta'mirlash ishlari 7-aprelgacha rejalashtirilgan (cheklov shu kuni ham amal qiladi). Tutash ko‘chalarda avtotransport harakati va yo‘l bo‘yida to‘xtab turish imkoniyati odatdagi tartibda saqlanib qoladi.
Ta’kidlanishicha, ishlar davomida piyodalar yo‘laklari qoplamasini ta’mirlash va qisman yangilash, muhandislik kommunikatsiyalari va sug‘orish tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32313 | Инструменты