Kinokartinada Abdulla Oripovning hayoti va ijodiy faoliyati, shuningdek AQSHda kechgan umrining so‘nggi lahzalari ham aks ettiriladi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi tomonidan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, mamlakat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov haqida badiiy film tasvirga olinmoqda.
Badiiy filmni yaratish g‘oyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, hozirda filmning s’yomka jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Ijodiy guruh O‘zbekistondagi tasvirga olish ishlarini yakunlab, AQSHning shoir yashagan Xyuston hamda Los-Anjeles shaharlarida suratga olish ishlarini davom ettirishmoqda.

Kinokartinada Abdulla Oripovning hayoti va ijodiy faoliyati, shuningdek AQSHda kechgan umrining so‘nggi lahzalari ham aks ettiriladi.
“Abdulla Oripov” filmida O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova, “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Shodmonqul Salom, mahoratli yosh aktrisa Rayhon Asadova va boshqalar rol ijro qilmoqda. Shoirning keksalik davrini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, mahoratli aktyor Qudratilla Burxonov gavdalantirmoqda.

Film bosh prodyuseri Firdavs Abduxoliqov, ssenariy mualliflari Minhojiddin Mirzo, Muqaddas Usmonova va Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Muzaffarxon Erkinov, postanovkachi operator Ravshan Mirzakamolov.

Alpha version: 0.9.1.19 build 41017 | Инструменты