Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi yangi binoga ko‘chiriladi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi faoliyati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, muzey faoliyati tugatilmaydi. Aksincha, nodir qo‘lyozmalar, arxiv hujjatlari va eksponatlarni xavfsiz saqlash hamda raqamlashtirish maqsadida ular vaqtincha boshqa muassasalarga ko‘chirilmoqda.

Fanlar akademiyasi ma'lumotiga ko‘ra, muzey uchun Yangi Toshkent shahrida yangi bino barpo etilmoqda. U foydalanishga topshirilgunga qadar qo‘lyozmalar va arxiv fondlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida, boshqa eksponatlar esa Fanlar akademiyasining Antropologiya institutida vaqtincha saqlanadi.

Shuningdek, hozirga qadar 847 ta nodir qo‘lyozma maxsus saqlash xonalariga ko‘chirilgani, muzey fondidagi minglab manba va hujjatlar xatlovdan o‘tkazilayotgani ma'lum qilindi.

Hozirgi vaqtda muzey tomoshabinlar va tadqiqotchilar uchun vaqtincha yopilgan boʻlsa-da, muassasa xodimlari oʻz xizmat vazifalarini toʻliq bajarmoqdalar. Ayni paytga qadar 1 491 dona toshbosma manba, 439 ta papkadagi foto-nusxalar, 145 ta papkadagi plyonka va negativlar, shuningdek, 1 416 512 ta hujjatni oʻz ichiga olgan “Oʻzbekiston yozuvchilari va shoirlari arxivi” fondi birlamchi xatlovdan oʻtkazildi. Hozirda muzey eksponatlarini birlamchi xatlovdan oʻtkazish ishlari izchil davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70617 | Инструменты