Tez kunda mashhur Britaniya muzeyida "Ipak yo‘llari" ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga yozib qoldirdi.
"O‘zbekistondan olib boriladigan noyob osori atiqalar boy madaniy merosimizni, diyorimizning Ipak yo‘li tarixidagi muhim o‘rnini aks ettiradi", — deb yozadi Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, Britaniya muzeyida namoyish etiladigan eksponatlar V-X asrlar oralig‘ida Ipak yo‘li bo‘ylab harakatlangan insonlar, mahsulot va g‘oyalar madaniy hamda tarixiy aloqalarning rivojlanishiga qanday xizmat qilganini ko‘rsatadi. Ko‘rgazma 2024 yil 26 sentabrdan 2025 yil 23 fevralga qadar tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120414 | Инструменты