Huawei 1
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida jamoat tartibini saqlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (477-son, 30.07.2025 y.) bilan “Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalari tomonidan fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda ko‘rsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi tadbirlar ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalari (vakolatli organ) tomonidan ushbu joylarda faoliyat ko‘rsatuvchi talabgor bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Talabgor buning uchun vakolatli organ yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YAIDXP (my.gov.uz) da ro‘yxatdan o‘tadi.

So‘rovnoma vakolatli organga kelib tushgandan so‘ng 10 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Vakolatli organ xodimi talabgor bilan birgalikda fuqarolar gavjum bo‘ladigan joyni ko‘zdan kechiradi.

Talabgor tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari bilan shartnoma tuzadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80217 | Инструменты