Mazkur taqdimot Alisher Navoiyning boy adabiy merosini asrab-avaylash, o‘rganish va keng targ‘ib etish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy-madaniy mushtaraklikni yanada mustahkamlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi
Toshkent shahrida "O‘zbekiston–Turkiya madaniyat va san’at uchrashuvlari — Turk kino kunlari" madaniy tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida kuni kecha O‘zbekiston va Turkiya madaniyat vazirlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga "Kulliyoti Navoiy" asarining nusxasi (faksimile nashri) taqdim etildi.
Ma’lumot o‘rnida, "Kulliyoti Navoiy" Alisher Navoiyning turli janrdagi asarlari jamlangan nodir qo‘lyozma to‘plamdir. Kulliyot tarkibida Alisher Navoiyning 26 ta asari jamlangan bo‘lib, uning asl nusxasi Istanbul shahridagi Topqopi saroyi kutubxonasida saqlanadi.
Mazkur taqdimot Alisher Navoiyning boy adabiy merosini asrab-avaylash, o‘rganish va keng targ‘ib etish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy-madaniy mushtaraklikni yanada mustahkamlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92514 | Инструменты