Huawei 1
O‘zbekistonda III Xalqaro Naqshbandiya turizm festivali bo'lib o'tmoqda

Kecha, 22 fevral kuni O‘zbekistonning bir qancha hududlarida, xususan, Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarida “III Xalqaro Naqshbandiya turizm festivali” boshlandi.

Tadbirda Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliya va AQSh kabi davlatlardan o‘z sohasining mutaxassislari ishtirok etadi. Xususan, 18 ta davlatdan 100 dan ortiq jahonga mashhur olimlar, din ulamolari, fan va jamoat arboblari hamda turizm soha vakillari ishtikor etmoqda.

Festival davomida bir qator qadamjolar ziyorat qilinadi. Xususan, festival ishtirokchilari Samarqanddagi “Imom Buxoriy" majmuasi va "Imom Buxoriy" xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurishadi.

Bundan tashqari, Samarqandda “Imom al-Moturidiy” qadamjosi hamda "Registon" majmuasini ham ziyorat qilish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tadbir doirasida “Shohi Zinda” va “Xo’ja Ahror Valiy” ziyoratgohlari, “Go‘ri Amir” majmuasi, “Ruxabod” masjidi, “Bibixonim” masjidi va “Siyob” bozoriga ham tashrif buyuriladi.

Ta’kidlash joizki, Buxoroda festival davomida “Labi hovuz”, “Mir Arab” madrasasi, “Ark” majmuasi, “Bolo hovuz”, “Sayfiddin Boxarziy”, “Xoja Hafz Kabir” qadamjolari, “Bahouddin Naqshband” majmuasi va boshqa maskanlar ham ziyorat qilinadi. Qolaversa, Bahouddin Naqshbandning ilmiy merosiga bag‘ishlab “Naqshbandiya o‘gitlari” konferensiyasi tashkil etiladi.

O‘z navbatida Toshkentda "Hazrati Imom" majmuasi, Islom sivilizatsiya markazi hamda boshqa qadamjolarga tashrif buyurish rejalashtirilgan. Festival 28 fevralga qadar davom etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51310 | Инструменты